G’ozg‘onda milliy kashtachilik madaniyatini yuksaltirishga oid mahorat darsi tashkil etildi

27.04.2022, 13:47

G’ozg‘onda milliy kashtachilik madaniyatini yuksaltirishga oid mahorat darsi tashkil etildi

Xalqimizning milliy qadriyatlaridan biri bo‘lgan kashtachilik san’atini avloddan avlodga meros sifatida saqlab qolish, ushbu o‘ziga xos milliy madaniy merosimizning jahondagi qiymatini yanada yuksaltirish, shuningdek, qizlarimizda milliylikka havasni shakllantirish har birimiz uchun mas’uliyatli vazifadir.

O’zLiDeP G’ozg‘on shahar Kengashi tashabbusi bilan “G’ozg‘on chevar qizlari" MChJda "Tumar" MFYda yashovchi ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlar o‘rtasida ayollarni milliy qadriyatlarga qaytarish va shu bilan bir qatorda daromadli kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha mahorat darsi tashkil qilindi.

Mahorat darsida hunarmandchilik, ayniqsa, kasanachilik va milliy kashtachilik madaniyatini yuksaltirish bilan birga xotin-qizlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash g‘oyalarini singdirish ko‘zda tutilgan. Chevar kashtachi tomonidan ip va ranglar bilan ishlash, matolarga e’tibor qaratish va kashta gullarining milliylik aks etgan yangidan yangi dizaynlariga e’tibor qaratish sir-sinoatlari o‘rgatildi.

Shuningdek, mahorat darsi ishtirokchilariga milliy kashtachilik orqali daromad olish istagida bo‘lgan ayollar uchun davlat tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilishi, mas’ul tashkilotlar ishtirokida subsidiyalar ajratib berilishi yoki tikuvchilik qilish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga har xil turdagi tikish va bichish texnikalari ajratilishdagi imtiyozlar haqida aytib o‘tildi.

M.Pirnafasova,

O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi

jamoatchilik bilan aloqalar va

mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    868
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+