Namanganlik 14 nafar talaba yoshlar partiya safiga qo‘shildi

27.04.2022, 13:48

Namanganlik 14 nafar talaba yoshlar partiya safiga qo‘shildi

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan Namangan muhandislik texnologiya instituti talabalari ishtirokida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.

Muloqotda partiya Dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berildi.

Ayniqsa, partiya tavsiyasi bilan davlat boshqaruvi idoralarida ishlayotgan tashabbuskor yoshlar, tadbirkorlar, deputatlar faoliyati haqidagi ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Targ‘ibot jarayonida 14 nafar talaba yoshlar partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirdi. Suhbat yakunida 2 nafar talaba yoshlar partiyaning kadrlar zahirasiga olinib, kelgusida ish boshlaydigan bo‘ldi.

Eldorbek Jo‘rayev

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan

 ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    343
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+