O'zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Mahalla xotin-qizlar faollari o‘qitilyapti

27.04.2022, 13:50

O'zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Mahalla xotin-qizlar faollari o‘qitilyapti

Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar tahsinga loyiqdir.

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi qoshidagi  «Ayollar qanoti» faollari tashabbusi bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Partiya faollari tashabbusi bilan Mahalla xotin-qizlar faoli lavozimiga saralangan nomzodlar uchun o‘quv seminarlar o‘tkazilyapti.

Seminarda Prezidentimizning 2022 yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati, hokim o‘rinbosarlarining jamoatchilik bilan aloqalarini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni turar joy bilan ta’minlash kabi mavzularda so‘z bordi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, taraqqiyot strategiyasida Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgani aytib o‘tildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar, taklif va tavsiyalarni olishdi.

Marhabo Chuliyeva,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    400
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+