Surxondaryoda partiya ishchi guruhlarning faoliyati tahlil qilindi

27.04.2022, 13:54

Surxondaryoda partiya ishchi guruhlarning faoliyati tahlil qilindi

Rejasiz ish muvaffaqiyatsiz yakun topishi aniq. Ertangi kunidan umidvor bo‘lganlar esa bunday yo‘l tutishmaydi. Ular hamisha oldindan qilinajak ishlarni rejalashtirib, kerak bo‘lsa, yurilajak yo‘llarning xaritasini tuzib oladilar. Bu xoh fuqaro bo‘lsin yoki kichik bir jamiyat yo davlat bo‘lsin, hammasiga birdek taalluqli. Muhimi, maqsad aniq bo‘lishi lozim.

Albatta, O’zbekiston ham bundan mustasno emas. Davlatimiz rahbari shuning uchun ham “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning hayotga tatbiq etilishiga jiddiy e’tibor qaratdi va uni qaror bilan mustahkamlab qo‘ydi.

Yangi strategiya 7 yo‘nalish va 100 ta maqsadni o‘z ichiga qamrab oldi. Unda inson qadrini yuksaltirish, xalqparvar davlat barpo etishdan tortib, yurtda adolatning hukmron bo‘lishi, iqtisodiy o‘sish, ma’naviy yuksalishu xavfsizlikni kuchaytirishgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarda besh yil davomida amalga oshiriladigan islohotlar, maqsadlar nazarda tutilgan.

Maqsad aniq, yo‘nalish aniq, reja bor, endi uni hayotga tatbiq etish masalasi ko‘ndalang bo‘ladi. Buning uchun esa jamoatchilik nazorati qo‘l keladi. Shu bois bugun O’zLiDePda dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatadigan ishchi guruhlar tuzildi va ularning yo‘l xaritalari ham belgilab berildi. 

Partiyaning Surxondaryo viloyati Kengashida esa ushbu ishchi guruhlarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi komissiya ham tuzildi. Kuni kecha ushbu komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda ishchi guruhlarning qay tarzda monitoring olib borishi, tahlil qilishi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha deputatlarimiz tegishli idoralarga taklif bildirishi xususida so‘z bordi.  

Bunda ishchi guruh vakillari mazkur davlat dasturi asosida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi, tegishli boshqarmalar va idoralarga tahlil xulosalarini va takliflarini taqdim etib borishlari muhim.

Deputatlik guruhi a’zolari biriktirilgan yo‘nalishlari bo‘yicha savolnomalar tuzilib, shu asosida jamoatchilik nazoratini olib borish kerakligi yig‘ilishda aytib o‘tildi.

 O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    370
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+