O’rganganingiz o‘zingizga foyda

27.04.2022, 13:55

O’rganganingiz o‘zingizga foyda

O‘zLiDeP Boysun tumani Kengashi hamda hamkor tashkilotlar bilan “Namunali tomorqachi” loyihasi doirasida “Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili bo‘yicha "Gaza" mahallasida mahorat darsi o‘tkazildi.

Ushbu mahallada yashovchi Habiba Xoliyorova mahorat darsida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Habiba Xoliyorova ham ko‘p yillar ishsiz edi. Ammo, uyda bekor o‘tirmasdan biror foydali mehnat bilan shug‘ullanib, qo‘shimcha daromad topishni juda istadi. Respublikamizda joriy etilgan yangi tizim esa Habiba opaning joniga ora kirdi. Uni mahalladagi "Ayollar daftari"ga kirgizishgach, Habiba opa tijorat bankidan issiqxona uchun 30 million so‘m kredit olish imkoniga ega bo‘ldi. Kredit opaning g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shdi. Kaftdek hovlisida mo‘‘jazgina issiqxona barpo etildi va unda pomidor yetishtirishni boshladi.

Harakatga - barokat, deydilar. Opaning mehnati evaziga hosiliga baraka kirdi. Mana bir necha yildirki, shuning orqasidan birovga muhtoj bo‘lmay, ro‘zg‘orini butlab, qo‘shimcha daromad topayapti.

Mahorat darsida ishtirok etishgan mahalladagi “Ayollar daftari” va  "Temir daftar" da ro‘yxatda turadigan ishsiz  xotin-qizlar Habiba opa misolida uyda o‘tirib ham o‘zini o‘zi band qilish mumkinligiga amin bo‘lishdi.

Teglar
Tomorqa
  • Ko'rildi
    194
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+