Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida ko‘tarilgan muammolar nazoratga olindi
27.04.2022, 16:12

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashida partiya shahar Kengashi tashabbusi bilan “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir tashkil etildi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari, shahar Prokuraturasi, Adliya bo‘limi, Soliq inspeksiyasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, tijorat banklari hamda shahar gaz, Elektr ta’minoti korxonasi vakillari hamda shaharda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, kichik biznes vakillari, ishtirok etishdi.
Tadbir davomida kichik biznes vakillari, oilaviy tadbirkorlar, tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar va ayollar o‘z muammolari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki boshqa shaklda avvalambor deputatlarga, hamkor tashkilot vakillariga murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Mazkur murojaatlarning aksar qismiga joyida yechim topilishiga alohida e’tibor qaratiladi va nazoratga olinadi. Ba’zi muammoli masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqariladigan bo‘ldi.
Misol uchun, “Samandar shirinliklari” MChJ rahbari Samandar Ergashevning aytishicha doimiy ravishda, kredit mablag‘lari ajratilishida banklarda muammolarga duch kelmoqda. Bu esa faoliyatini yanada rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishda to‘sqinlik qilmoqda.
Ushbu murojaat bo‘yicha “Mikrokreditbank” ATB Jizzax viloyati filiali tomonidan o‘rganib chiqiladigan bo‘ldi.
“El- Diyor” oilaviy korxona rahbari Mavjuda Ibragimova O’rda ekologik bog‘ida o‘zining atraksion arg‘imchoqlari va turli xil ko‘ngil ochar o‘yinlari bilan shartnoma asosida faoliyat olib boradi. Tadbirkor ko‘plab yoshlarni ish bilan ta’minlagan. Ammo, bog‘da ba’zi bir qo‘shtirnoq ichidagi noqonuniy tadbirkorlar ham faoliyat yuritayotgani shartnoma asosida ishlayotgan tadbirkorlar faoliyatiga ta’sir o‘tkazmoqda.
Tadbirkorning mazkur murojaati shaxar prokuraturasi nazoratiga olinadigan bo‘ldi.
Tadbir davomida ishtirokchilar bu kabi muloqotlarda belgilangan muddatda o‘tkazib borish, barcha mutasaddi tashkilotlar vakillari, deputatlar va tadbirkorlar o‘rtasida doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ham fikr-mulohaza almashdilar.
O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
matubot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Yangi O’zbekistonga yangi konstitutsiya kerak!
30.06.2022, 16:46
-
Referendum eng demokratik yondashuvdir
24.06.2022, 15:15
-
Deputatlik eshituvi: Marhamatda aholiga tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi
22.06.2022, 18:12
-
Baliqchida mahalla binolar bilan ta’minlanish holatlari yuzasidan mas’ul rahbarning hisoboti eshitildi
20.06.2022, 16:31
-
“Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida 15 nafar ishsiz ayollar o‘qitilib, sertifikatlar berildi
06.06.2022, 17:49
Fikringizni qoldiring