O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qoshidagi BPT faoliyati sarhisob qilindi

27.04.2022, 16:17

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qoshidagi BPT faoliyati sarhisob qilindi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qoshidagi BPTning hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tarkibidagi BPT 63 nafar partiya faollarini o‘ziga birlashtirgan hisobot davrida quyi bo‘g‘in a’zolari partiya Dasturi va Saylovoldi platformasida belgilangan maqsad va vazifalarni targ‘ib qilishda, ularning ijrosini ta’minlashda bajarilgan ishlar aytib o‘tilishi bilan bir qatorda, o‘tgan yil davomida 10 nafar yangi a’zolar qabul qilinganligi e’tirof etildi, quyi bo‘g‘in raisi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilindi.

Yig‘ilishda nafaqat qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar haqida, balki yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish mobaynida partiya mavqeni oshirish, aholi o‘rtasida targ‘ib qilish, BPT a’zolari manfaatlarini himoya qilish, yangi a’zolarni partiya safiga jalb qilish, aholi turli qatlamlari, ijtimoiy guruh vakillari bilan ishlash, ular bilan uchrashuvlar tashkil qilish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

BPT raisligiga Nodirbek Rajabov nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan BPT tarkibidagi yangi a’zolarning siyosiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, siyosiy-huquqiy madaniyatini rivojlantirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash saylov jarayonlarida BPT oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish borasida ham taklif va fikrlar bildirildi.

Shu bilan birgalikda O‘zLiDePning Ustavi, Dasturi va boshqa dasturiy hujjatlarida belgilangan vazifalar va talablarga muvofiq BPTning yangi ish rejasi ishlab chiqildi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    323
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+