Ishchi guruh faoliyati: Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

28.04.2022, 12:42

Ishchi guruh faoliyati: Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Toshkent shahar Kengashi qoshida tuzilgan ishchi guruhi hamkorligida “Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Taraqqiyot strategiyasi doirasida 13 ta kodeks, 12 ta qonun, ya’ni har bir ustuvor yo‘nalishda zarur qonun hujjatlari qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Yangi O’zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Bu davrda “inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – eng muhim qadriyat” degan tamoyil e’tirof etilmoqda. Shu munosabat bilan milliy qonunchilik va huquqiy amaliyotda “shaxs – jamiyat – davlat” tamoyilini mustahkamlash kerak. Zero, yillar davomida amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasida “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga o‘zgartirilmoqda.

- “Xalq bilan bevosita muloqot qilish, yurtdoshlarimizning dardu tashvishlari, muammolarini ijobiy hal etish bo‘yicha mutlaqo yangi demokratik tizim – Xalq qabulxonalari o‘tgan besh yilda faoliyat yuritib kelmoqda va o‘zini oqladi. Bundan tashqari barcha davlat organlari faoliyatida “xalq dardiga quloq solish”, muammolarni joyida hal etish va xalqni rozi qilish bo‘yicha samarali ishlar qilinmoqda”, - dedi ishchi guruhi a’zosi G.Raximova. Darhaqiqat, Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasining 11-maqsadida “Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini takomillashtirish” muhim vazifa etib belgilangan.  Xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish, davlat organlariga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini raqamlashtirish, murojaatlarni tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.

Eng asosiysiy, “Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi “Xalqchil davlat” milliy dasturi ishlab chiqish belgilanmoqda. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, ushbu ustuvor vazifalarning ijrosi sohada katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keladi.

  • Ko'rildi
    586
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+