Deputatlik eshituvi: Izboskanda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi tahlil qilindi

28.04.2022, 16:08

Deputatlik eshituvi: Izboskanda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi tahlil qilindi

Xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimizning 2020 yil 25 sentyabrdagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohada investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni ijrosi yuzasidan Izboskan tuman “Suv ta’minoti” MChJ rahbari U.Mamatojiyevning hisoboti tinglandi.

Mutasaddi o‘z hisobotida tumanda 2021 yilda “Obod qishloq” dasturiga asosan “Kuygan-yor” MFY hududida 3,1 suv tarmog‘i, “Urganji” MFY hududida 1 dona suv qudug‘i rekonstruksiya qilish va 14,1 suv quduq tarmog‘i qurilishi bo‘yicha qurilish ishlari amalga oshirilganligi hamda yuqoridagi mahallalar aholi vakillari to‘liq suv bilan ta’minlanganligini ta’kidladi.

Korxona va aholi mablag‘lari hisobidan 20 dan ortiq mahallalarda suv tarmog‘i qurilish ishlari amalga oshirildi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, 2022 yil davomida “Markaz” MFY da 400 metr, “Xaqulobod”da 700 metr, “Manguberdi”da 800 metr, “Istiqlol”da 1,2 km, “Manguberdi” MFYlarga 700 metr ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi yakunlanib, 1500 dan ortiq xonadon ichimlik suvi bilan ilk bor ta’minlandi.

Yig‘ilish davomida deputatlar yuqorida tilga olingan farmon ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Deputatlar mutasaddi rahbarning hisobotini ma’lumot uchun qabul qilib, bu boradagi deputatlik guruhi a’zolari tomonidan doimiy nazorat va tahlil ishlarini olib borish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab oldi.

Odinaxon Turg‘unova

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    252
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Маъруфхужа2022-04-29 11:41:01

Ижобий, танқидий фикр ва чораларни қуллаб-кувватлаш керак!


Fikringizni qoldiring

+