O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi va TATU Qarshi filiali o‘rtasida memorandum imzolandi

28.04.2022, 16:16

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi va TATU Qarshi filiali o‘rtasida memorandum imzolandi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal- demokratik partiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali o‘rtasida memorandum imzolandi

Yoshlarni mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish jarayoniga kengroq jalb etish, mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan partiyaning uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalarini o‘z ichiga olgan bu memorandum shuningdek, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash borasidagi ishlarni tizimli amalga oshirishga ham qaratilgandir.

Memorandumni O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi Sh. Aslonov va TATU Qarshi filiali direktori F. Rahmatov imzolashdi va “O‘zLiDePning Yangi avlod kadrlari” loyihasi taqdimotida ham ishtirok etishdi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    663
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+