Ishchi guruh Narpayda aholiga yerlarning auksion orqali ajratib berilishi holatini o‘rgandi

28.04.2022, 16:34

Ishchi guruh Narpayda aholiga yerlarning auksion orqali ajratib berilishi holatini o‘rgandi

Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyatida partiya faollari va mahalliy Kengash deputatlaridan iborat ishchi guruh Prezidentimizning 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda dehqon xo‘jaligining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini amalga oshirish yuzasidan joylarda aholiga yerlarning auksion orqali ajratib berilishi holatini o‘rganmoqda.

Ishchi guruh vakillarining bu galgi o‘rganishlari Narpay tumanidagi “Haqiqat” mahallasi bo‘ldi. Hududda 2 ta konturdan ajratilgan 35 ta lotning 21 tasi yoki 60 foizi ijtimoiy daftarlarda turgan kam ta’minlangan oilalarga berilgan. Ayni paytda yerlarning geografik holatidan kelib chiqib, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida dukkakli ekinlar (fasol) va poliz ekinlari (tarvuz) ekilgan.

Shuningdek 1-sektorga qarashli “Navro‘z” mahallasi hududidagi “Vaxob Ravshanov” fermer xo‘jaligiga qarashli yerdan 1 gektar yer maydoni auksion orqali 20 sotixdan 5 ta lotga bo‘linib “Ayollar daftari”da turuvchi 5 ta fuqaroga berilgan. Ajratilgan yerlarga kartoshka ekilib parvarish qilinmoqda.

O’rganishlar davomida aniqlangan muammolar nazoratga olinib, hal etilishi choralari ko‘rildi.

Bu kabi tadbirlar partiya tomonidan viloyatning barcha tumanlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qodir Shoyimov,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    564
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+