O‘zLiDeP va Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

28.04.2022, 16:40

O‘zLiDeP va Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zLiDeP Qo‘qon shahar Kengashi hamda Muqumiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumning asosiy maqsadi “Yangi avlod kadrlari” loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bakalavr yoki magistratura bosqichlari bitiruvchi talabalarini partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritish,  hududlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji asosida oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilaridan amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich mo‘ljallangan lavozimlarga tayyorlab borish va pirovard natijada zamonaviy rahbarlar tayyorlash tizimini yaratish va muvofiqlashtirishdan iborat.

Ushbu ta’lim dargohida tahsil olayotgan shijoatli yigit-qizlar yaqin yillarda malakali rahbar-kadrlarga aylanish barobarida, minglab yoshlarni o‘zlarining ezgu g‘oyalari ortidan ergashtirishi va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlari shubhasiz.

Shu kuni 7 nafar o‘qituvchi, xodim va talabalar yoshlar partiya safiga qabul qilindilar.

  • Ko'rildi
    363
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+