Oilaviy poliklinika shifokorlari o‘rtasida kitobxonlik bahsi o‘tkazildi

05.05.2022, 12:18

Oilaviy poliklinika shifokorlari o‘rtasida kitobxonlik bahsi o‘tkazildi

Navoiy shahridagi 2-sonli oilaviy poliklinikada “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi” ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlab “Yangi O’zbekistonning ma’naviy taraqqiyoti – barkamol avlodni tarbiyalash omili” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi Tadbir doirasida strategiyaning 72-maqsadda ko‘zda tutilgan aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish hamda “Kitobsevar millat” umumilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida “O’tgan kunlar” asari yuzasidan o‘zaro bellashuv bo‘lib o‘tdi.

O’zLiDeP Navoiy viloyat hududiy partiya tashkiloti tomonidan uyushtirilgan ushbu tadbir o‘zbek adabiyotining buyuk namoyondasi Abdulla Qodiriy oyligi munosabati bilan tashkillashtirilib, davra suhbatida oila, tashkilotlar va mahallalarda ma’naviy yetuklik sari targ‘ibot-tashviqot hamda tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni muntazam olib borish, jamiyatimizda yangi ma’naviy makonni barpo etish, yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, xalq ongiga milliy an’analarga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash va bu vazifalarni uddalash yo‘lida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish har bir insonning oldidagi burch ekanligi ta’qidlandi.

Shuningdek, adibning betakror ijodi va hayotiga oid suhbatlashildi. Keyingi bosqichda ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linib, buyuk adibning “O’tgan kunlar” romani asosida bilimdonlik bahslariga kirishishdi.

Asarning asosiy voqealari tasvirlangan joy nomlarini ta’kid etgan holda “Toshkent” va “Marg‘ilon” guruhlari tuzilib, bahslar uch bosqichda olib borildi.

Savol-javoblar, personajlar xarakteriga ta’rif va sardorlar bahsi g‘oyatda qiziqarli taassurotlarga boy tarzda o‘tdi. Shuningdek, tadbirda oila hamshiralari romandagi eng ta’sirli epizodlardan ko‘rinish ham ijro etishdi. Bellashuv yakunida eng faol ishtirok etgan qatnashchilarga kitoblar jamlanmalari sovg‘a qilindi.

Tadbir yakunida poliklikadan partiya safiga yangi a’zolar qabul qilinib, ularga partiya guvohnomalari topshirildi.

M.Pirnafasova,

O’zLiDeP Navoiy viloyati jamoatchilik bilan aloqalar

va mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    711
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+