Farg‘onalik 5 nafar talaba yoshlar partiyaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi
05.05.2022, 12:26

Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari instituti Farg‘ona filialida "Yangi avlod kadrlari" loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu davra suhbatida Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, “Yangi avlod kadrlari” loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan talabalarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritish, hududlarda kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji asosida oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilaridan amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich mo‘ljallangan lavozimlarga tayyorlab borish va pirovard natijada zamonaviy rahbarlar tayyorlash tizimini yaratish va muvofiqlashtirishdan iborat.
"Yangi avlod kadrlari" loyihasi doirasida talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Talabalarning 5 nafari partiya a’zoligiga qabul qilindi va kadrlar zaxirasiga olindi.
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlar parlamentiga iste’dodli yoshlar saralanmoqda
02.02.2023, 15:19
-
Yoshlar parlamenti: bo‘lajak saylovlarga eng munosib nomzodlar saralanmoqda
02.02.2023, 12:01
-
Yoshlar parlamenti saylovi eng chekka hududdagi yoshlarni ham qamrab olmoqda
01.02.2023, 18:57
-
Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53
-
“Yoshlar parlamenti” faol yoshlarning haqiqiy minbariga aylanadi
31.01.2023, 17:01
Fikringizni qoldiring