Deputatlar tadbirkorlarning muammo va takliflarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi

05.05.2022, 12:27

Deputatlar tadbirkorlarning muammo va takliflarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi

O'zLiDeP Gurlan tuman Kengashi tashabbusi bilan “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi loyihasi doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi.

Unda Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, kichik biznes vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida kichik biznes vakillari, oilaviy tadbirkorlar, tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar va ayollar o‘z muammolari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Mazkur murojaatlarning aksar qismiga joyida yechim topilishiga alohida e’tibor qaratiladi va nazoratga olindi. Ba’zi muammoli masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqariladigan bo‘ldi.

Tadbirdan so‘ng deputatlar va partiya vakillari tumandagi bir qator tadbirkorlar faoliyati bilan tanishib, ularning muammo va takliflarini joyiga borib o‘rgandilar.

Forum ishtirokchilari “Avar Woods” MChJ da bo‘lib tadbirkor bilan muloqot qildilar. Korxona tas’ischilari faqatgina bu bilan cheklanib qolmay, tumandagi Chinobod qishlog‘ida yirik gilam fabrikasini tashkil qilishni reja qilganlar. Hozirda fabrikaning qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Mazkur gilam fabrikasi ishga tushirilsa 400 yangi ish o‘rni yaratiladi. Bu esa o‘z navbatida tumandagi ishsizlik muammosining biroz bo‘lsada yechimiga xizmat qiladi.

Tozayorg‘on mahallasidagi 25 gektarlik issiqxona pomidor va baqlajonni xorijiy davlatlariga eksport qilishga ixtisoslashgan. Shijoatli tadbirkor ayol rahbarlik qilayotgan issiqxonada bo‘lgan tadbir ishtirokchilari issiqxonachilikni rivojlantirish, ichki va tashqi bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xususida o‘zaro fikr almashdilar.

O’tgan yili 1 miln 453 ming dollarlik mahsulotlarni Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilib, tuman iqtisodiyotiga valyuta kiritgan tadbirkorning rejalari katta. Kelgusida pomidordan yiliga 2 marta hosil olishni, gulchilik yo‘nalishida issiqxona tashkil etishni va tropik mevalarni yetishtirishni reja qilgan. Hozirgi kunda bu yerda 250 ta doimiy, 120 ta mavsumiy ishchilar ish bilan ta’minlangan.  

Partiya vakillari tadbirkor ayolni partiya safiga qabul qilib amalga oshirajak loyihalarida ko‘maklashadigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    392
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+