Urganchlik xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

05.05.2022, 12:29

Urganchlik xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik  tashkil qilindi

O‘zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi asosida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” da ro‘yxatda turgan xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Tibbiy ko‘rikda 97 nafar ayollar terapevt, lor, oftalmolog, fizioterapiya, genikolog, UZI va boshqa xastaliklarni davolovchi malakali shifokorlar qabulida bo‘lib, o‘zlari uchun tegishli maslahat hamda tavsiyalarni, tibbiy muolajalarni oldilar. 

Partiya tomonidan bu kabi o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘riklar natijasida aholining ayniqsa xotin-qizlarning tibbiy madaniyati va bilimi oshishi bilan bir qatorda o‘zlarining sog‘liqlariga bo‘lgan e’tibori ham kun sayin ortib borada. Bu esa o‘z navbatida kelajak avlodning sog‘lom tug‘ilishi va har tomonlama barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishida zamin yaratadi.

Musharraf RAHIMOVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    415
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+