Samarqandda transport tizimi tubdan yaxshilanadi

05.05.2022, 15:17

Samarqandda transport tizimi tubdan yaxshilanadi

Shu yilning 29 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan takliflar muhokama qilindi.

Bugungi kunda Samarqand shahrida jamoat transporti qatnovi qulay va barqaror emas. Tashuvchilar aholining ehtiyojidan kelib chiqib emas, kunning “eng daromadli” paytida harakat qiladi. So‘nggi ikki yilda 38 ta marshrut norentabellik sababli to‘xtagan, 300 ta avtobus yetishmasligini aytib, uzoq rejali taklif loyihalar bilan tanishdi.

Unga ko‘ra, jamoat transporti tarmog‘i magistral, yetkazib beruvchi va ichki yo‘nalishlarga ajratilishi, qo‘shimcha 40 ta yangi yo‘nalish, xususan, aeroport, vokzal va tarixiy markazlarni bog‘laydigan 5 ta ekspress yo‘nalish tashkil etilib, 2022 yilda 80 ta, 2023 yilda 100 ta elektrobus olib kelinishi qayd etildi.

Shuningdek, bekatlar soni ko‘paytirilishi, 1 iyuldan boshlab, Samarqand viloyati budjetidan shahar transportiga subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari bu ishlarda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, yo‘l harakatini boshqarishni raqamlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratganligi va dunyo tajribasini qo‘llanilishi hamda “Aqlli svetofor”lar o‘rnatilib, yo‘l harakatini onlayn boshqarilishi yurtimizda olib borilayotgan islohatlarni yangi bosqichga chiqayotganligidan darakdir.

Ayniqsa, Pastdarg‘om va Bulung‘ur tumanlarini Samarqand shahri bilan bog‘laydigan elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yilishi biz tadbirkorlar va aholini quvontirdi.

Bu borada, kelgusidagi rejali loyihalar ijrosi nazoratida O'zLiDeP deputatlari albatta faollik ko‘rsatishadi.

Demak, deputatlar tashabbuskor bo‘lsa, bildirilgan ishonchga munosib harakat qilsa, joylardagi har qanday muammoning yechimini topish va eng muhimi, uni hal qilish mumkin.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Prezidentimiz butun davlat va jamiyat boshqaruvi tizimi imkoniyatlarini inson qadri uchun, degan ezgu maqsadga katta kuch hamda ishtiyoq bilan safarbar etmoqda. Bu tamoyil nafaqat joylardagi ijtimoiy muammolarni tizimli hal etishga, eng asosiysi, huquqlar va imkoniyatlar tengligiga real sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Asosiy vazifa esa uni amalda ijrosini ta’minlashda qolmoqda.

Xaydar O’raqov,

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati,

O'zLiDeP viloyat Faxriylar Kengashi raisi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    246
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+