O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida Buyuk Britaniya liberal-demokratik partiyasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

06.05.2022, 11:14

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida Buyuk Britaniya liberal-demokratik  partiyasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O’zLiDePda Buyuk Britaniya liberal-demokratik  partiyasining Tashkiliy qo‘mitasi a’zosi, Birlashgan Qirollik Tadbirkorlar klubining xalqaro ishlar bo‘yicha raisi Kishan Divani bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida mehmonga O’zLiDeP faoliyati va hozirgi  islohotlar bosqichida  uning asosiy dasturiy vazifalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berildi. O’zLiDePning bugungi kundagi  faoliyati Prezident Sh.M. Mirziyoyevning 2021 yildagi  saylovoldi dasturi asosida amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi. K.Divani O’zbekiston va mamlakatimiz rahbari haqida iliq fikrlar bildirdi, xususan, respublikamizning liberallashtirish borasidagi muvaffaqiyatlari Prezidentimiz, uning shaxsiy fazilatlari bilan bog‘liqligini qayd etdi. Shuningdek, u  O’zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi vakillari va mazkur mamlakatdagi o‘zbek diasporasi vakillari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

K.Divani ikki mamlakat ishbilarmon vakillari o‘rtasidagi  to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar doirasida munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini alohida ta’kidladi.  

Uchrashuv  do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.

O’zLiDeP matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    549
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+