Navbatdagi hamkorlik memorandumi imzolandi
06.05.2022, 15:25

O’zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O'zLiDePning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi ham ushbu yo‘nalishdagi ishlarning Oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida izchil amalga oshirish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.
Partiyaviy loyiha doirasida O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talaba yoshlar orasidan zamonaviy fikrlaydigan, ma’nan yetuk, vatanparvar, partiyaga xayrixoh, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalarini targ‘ibot etishda tashabbuskor, faol, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash va partiya saflarini faol yoshlar hisobidan kengaytirishdan iboratdir.
Institutda bugungi kunda tahsil olayotgan 3401 nafar talabalarning 400 nafarga yaqini O‘zLiDeP a’zolaridir.
O'xshash yangiliklar
-
“Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi
24.06.2022, 17:07
-
Yoshlarning huquq va burchlarini konstitutsiyaviy darajada aks ettirish lozim
20.06.2022, 18:10
-
Tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lgan 35 nafar gurlanlik yoshlar yirik ishlab chiqarish korxonalar faoliyati bilan tanishdi
20.06.2022, 16:34
-
Yoshlar konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida eng faol kuch
15.06.2022, 13:19
-
Konstitutsiyamizni takomillashtirish borasida jizzaxlik talaba yoshlarning ham o‘z takliflari bor
15.06.2022, 13:17
Fikringizni qoldiring