Deputat sa’y-harakati bilan aholini qiynayotgan muammo bartaraf etildi

06.05.2022, 15:28

Deputat sa’y-harakati bilan aholini qiynayotgan muammo bartaraf etildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashida 27 nafar O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari faoliyat olib boradi. Ular joylardagi mavjud muammolarga o‘z vakolatlari doirasida yechim topib, aholi og‘irini yengil qilishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Baxmal tumanidagi Istiqlol MFY hududida joylashgan Navro‘z qishlog‘idagi 550 ta xonadonda 3400 nafardan oshiq aholi istiqomat qiladi. Qishloq hududidan o‘tgan Sho‘rbuloq zovuri to‘lib qolgani aholiga anchagina tashvish va noqulayliklar tug‘dira boshlagan edi. Oqova suv toshib, aholi tomorqalariga, bino va inshoatlarga zarar keltira boshladi. 

Aholi muammoga yechim izlab, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Gulsanam Kazakovaga murojaat qilishdi. Aholi tashvishini o‘z tashvishi deb biladigan faol deputat muammoni puxta o‘rganib chiqqach, unga yechim topish maqsadida mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqardi.

Deputatlik so‘rovi natijasida Sirdaryo Zarafshon Irrigatsiya tizimlari hafza boshqarmasi tomonidan 2,2 kilometrlik zovur to‘liq tozalab chiqildi. Ancha yillar aholini qiynagan muammo bartaraf etilganidan xursand bo‘lgan Navro‘zliklar deputatdan astoyidil minnatdor bo‘lishdi.

Zayniddin Eshqulov,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Siyosiy talim va deputatlik guruhlari

bilan ishlash bo‘limi mudiri.

  • Ko'rildi
    270
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+