Deputat tashabbusi bilan 77 nafar yoshlarga 30 sotixdan yer ajratib berildi

06.05.2022, 15:29

Deputat tashabbusi bilan 77 nafar yoshlarga 30 sotixdan yer ajratib berildi

Mahalla obodligi – yurt obodligi demakdir. Shu sabab, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, ayollarni, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jinoyatchilikning oldini olish va shu kabi ko‘plab dolzarb vazifalarni bajarishda deputatlarning alohida o‘rni bor.

Bu borada xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhi rahbari Erjigit Ergashev tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar barchaga ibrat bo‘lgulik.

Misol uchun, deputat tashabbusi bilan sektor vakillari bilan hamkorlikda tumandagi Paxtazor ShFY hududida istiqomat qiluvchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 52 nafar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 25 nafar fuqarolarga 30 sotixdan yer ajratib berildi. Yoshlarni kitobxonlikka jalb qilishga hissa qo‘shishni niyat qilgan deputat hududdagi 9 -umumta’lim maktabiga 150 ming so‘mlik kitob sovg‘a qildi.

Bu kabi xayrli ishlar deputatlarning o‘z vakolatlari doirasida  mahallalarda aholi farovonligiga munosib hissa qo‘shayotganining yaqqol isbotidir.

Rustam Achilov,

OʻzLiDeP Mirzacho‘l tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    401
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+