Deputat tashabbusi bilan mahallaning ichki yo‘llari ta’mirlanyapti

06.05.2022, 15:31

Deputat tashabbusi bilan mahallaning ichki yo‘llari  ta’mirlanyapti

“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesidagi O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Axmet Reymov Nukus shahridagi “Bag‘shiliq” MFY da o‘zi saylangan hudud saylovchilari bilan uchrashganda bir qator muammolar ko‘tarilgan edi.

Jumladan, “Shodlik” ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi anchadan buyon  yomg‘ir yoqqan paytlarida ko‘chasidagi yo‘llardan yurib bo‘lmas edi.

Yo‘llar azal - azaldan xalqimizning og‘rini yengillatuvchi bo‘lib  xizmat qilgan. Buni bilgan xalq vakili muammoni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganib chiqdi.

Xalq vakili deputatlik vakolati doirasida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovini yubordi.

Natijada “Shodlik” ko‘chasidagi 1 km ga yaqin yo‘llarga qum shag‘al yotqizilib, kichik ta’mirlash ishlari olib borildi. Kunning ikkinchi yarimida xalq vakili o‘zi saylangan hududga qarashli “Janabazar” va “Qosko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inidagi saylovchilar bilan ham uchrashdi.

Uchrashuvda saylovchilarning muammo, taklif va fikrlari ham tinglandi.  

 “Janabazar” va “Qosko‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini  ajratib turgan Nukus-Chimboy temir yo‘li ustidan shu ikkita mahallani  bog‘lovchi oldindan bor bo‘lgan avtotransport yo‘lini ochib berish, temir yo‘lni kesib o‘tuvchi o‘ringa poyezd qatnashi vaqtida zarur nastil beton qoplamalarini yotqizib berishda yordam so‘rab murojaat etgan.  

Mazkur muammoni deputat tegishli soha vakilari bilan birgalikda o‘rganib chiqib, O’zbekiston temir yo‘llari aksionerlik jamiyatiga taklif bilan chiqdi. Ko‘tarilgan muammo deputatning yordami bilan ijobiy hal qilindi.

Endilikda mazkur mahalla fuqarolar yig‘inidagi mahalla ahlining hududiy poliklinika, umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasasi, aholining o‘z ishlari bo‘yicha qisqa vaqt ichida yetib borishga va mahalla hududiga tez yordam, favqulodda holat bo‘yicha xizmat avtomashinalarining tezlik bilan yetib kelishiga xizmat qiladi.

 Nafaqat aholining vaqtini  tejabgina qolmay, balki 15-20 km  masofani bosib o‘tishning oldini olishga xizmat qiladi.

O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    455
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+