O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli mahallada xususiy klinika ochdi

06.05.2022, 15:40

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli mahallada xususiy klinika  ochdi

Samarqand shahridagi “G’iyosiddin Jamshid” mahallasida tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yanada yaqinlashtirish va aholining ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatdan bahramandligini oshirish maqsadida “Star med” xususiy tibbiy klinikasi tashkil etildi.

Bugun mazkur mahalla tibbiyot klinikasining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda sektor rahbarlari, tibbiyot xodimlari, mahalla faollari ishtirok etib, xususiy klinikada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘zLiDeP Samarqand shahar Kengashi “Ayollar qanoti” faoli Dilafruz Xolmurodova tashabbusi bilan tashkil qilingan klinikada 32 nafar tibbiyot sohasi vakillari ish bilan ta’minlandi. Klinika statsionar 15 nafargacha, ambulator 60 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy jihozlangan klinikada fizioterapiya, UZI diagnostika, terapevt, pulmonolog, revmatolog, kardiolog, laboratoriya hamda dorixona aholiga beminnat xizmat qilmoqda.

Shuningdek tadbir davomida aholiga, ayniqsa xotin-qizlarga bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilinib, 40 ga yaqin xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi.

Marxabo Chuliyeva,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    504
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+