Salohiyatli kadrlar - soha rivojini ta’minlaydi

06.05.2022, 15:41

Salohiyatli kadrlar - soha rivojini ta’minlaydi

Har qanday sohaning rivoji unda faoliyat olib boradigan kadrlar salohiyatiga bog‘liq. Shu bois, bugun yoshlarimizni turli kasblarga yo‘naltirish bilan birga, ularni zaxira kadr sifatida tayyorlash, bilimi va tajribasini oshirib borish muhimdir.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi ayni shu niyatda hududdagi oliy ta’lim muassasalari bilan memorandum imzolamoqdaki, ta’lim dargohida tahsil olayotgan talabalar ichidan eng faol, siyosiy uyg‘oqlarini tanlab olib, ularni rahbar-kadrlarga aylanishi uchun o‘z imkoniyatlarini ishga solishmoqda.

"Yangi avlod kadrlari" loyihasi doirasidagi navbatdagi hamkorlik Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali bilan yo‘lga qo‘yildi. Endilikda ushbu hamkorlik natijasi o‘laroq akademiya talabalari siyosiy jarayonlarga jalb etiladi.

  • Ko'rildi
    360
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+