Deputat saylovchining murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi
06.05.2022, 15:45

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘zi saylangan okrug hududlarida bo‘lib turibdi.
Umidaxon Zakirova xalq ishonchini oqlab, amaliy ishlari bilan o‘z saylovchilari orasida obro‘ qozongan xalq vakillaridan biri.
Andijonning "Bunyodkor" MFY da bir guruh aholi vakillari bilan uchrashib, mahallada olib borilayotgan ishlar, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni o‘rgandi.
Mazkur mahalla hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi vakillari tomonidan xalq vakiliga murojaat yo‘llangan. Deputat murojaat yuzasidan xonadonlarga borib, fuqarolar bilan birma-bir suhbatlashdi. Suhbatlar chog‘ida murojaatda keltirilgan tabiiy gaz yetishmasligi aniqlandi.
- Bu muammo borasida bormagan joyim qolmadi, - deydi mahalla faoli Ravshan Mamajonov. Deputatimizga yo‘llagan murojaatimiz e’tibordan chetda qolmaganiga xursand bo‘ldik. Deputatimizga katta rahmat. Darhol mas’ullar bilan bog‘landi.
Darhaqiqat, xalq vakili masalaga oydinlik kiritish maqsadida, Andijon hududgaz ta’minoti bosh muhandisi Abdumalik Mamadaliyev bilan bog‘landi. Ming afsuski, ijobiy javob ololmagach, deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborish belgilandi.
O'xshash yangiliklar
-
Davlat organlarida fuqarolik xizmatini o‘tash tartibi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilandi
09.08.2022, 15:36
-
Davlat xizmatchisi tajriba va salohiyatga qarab tanlanadi
05.08.2022, 18:19
-
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot muammolarga yechim topishning eng maqbul yo‘li
04.08.2022, 16:36
-
ShHT — do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
02.08.2022, 12:21
-
Jarqo‘rg‘onliklarning murojaati hal bo‘ldi
02.08.2022, 10:14
Fikringizni qoldiring