Deputat aholiga yerlarning ajratib berilishi holatini o‘rgandi

06.05.2022, 16:20

Deputat aholiga yerlarning ajratib berilishi holatini o‘rgandi

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Javlonbek Ergashev aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, 10 sotixli yerlarni nazorat qilish maqsadida o‘z saylov okrugida bo‘ldi.

Dastlab, xalq vakili Paxtaobod tumanidagi “Oxunjon bobo” fermer xo‘jaligiga qarashli 23 nafar kam ta’minlangan oilalarga berilgan yerlardan foydalanish holatlarini o‘rgandi. Shuningdek, tumandagi “Ziyoli” MFYda yashovchi Erali Qobulov bilan uchrashdi. Unga berilgan yer maydonida hozir makkajo‘xori ekilgani, undan 1 tonna hosil olishi kutilayotgani va yerdan ikkinchi marta takroriy ekin ekish maqsadida foydalanishini aytib o‘tdi.

10 sotixli yer maydonlari tumandagi “Qumshaydon” MFY da yashovchi 26 nafar aholi vakillariga berilgan. Zuxriddin Komilov o‘ziga ajratilgan yer maydoniga loviya ekib, 150 kg daromad olish ko‘zda tutilgan. Ikkinchi marta hosil olish uchun mosh ekishni reja qilgan.

-Mamlakatimizda odamlarning bugungi hayotidan rozi bo‘lib yashashi uchun dardu-tashvishiga quloq tutib, duch kelgan muammolarini hal etishga ko‘maklashishning o‘zi yuksak fazilat va sharafli ishga aylandi, - deydi deputat Javlonbek Ergashev. Zero, bizga ishonch bildirgan aholi bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning hayotiy muammolarini tezkorlik bilan hal etish va odamlarning og‘irini yengil qilib, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash asosiy vazifamizdir.

  • Ko'rildi
    348
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+