Deputat G’ijduvon tumanidagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishdi

06.05.2022, 16:21

Deputat G’ijduvon tumanidagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishdi

Joylarda parlament quyi palatasi deputatlarining Buxoro viloyati saylovchilari bilan uchrashuvlari davom etmoqda. Xalq noiblari hududlarda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirish bilan birga o‘z yechimini kutayotgan dorlzarb masalalarni ham atroflicha o‘rganib chiqmoqdalar.

Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Bafoyev G’ijduvon tumanidagi “G’ijduvon Mashhurasi" xususiy korxonasida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Deputat bilan muloqotda korxona rahbari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zamira Safarova korxonaning istiqboldagi rejalari to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Shu kuni deputat Sh.Bafoyev taniqli tadbirkor Z.Safarova tomonidan G’ijduvon erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan PVX (polivinil xlorid) qurilish - pardozlash materiallari ishlab chiqarish sexida bo‘lib, u yerdagi tayyor mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi. Hozirgi paytda mazkur sexda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar o‘zining sifati, pishiqligi bilan nafaqat mahalliy xaridorlarga balki Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi xorijiy davlatlardagi buyurmachilarga ham manzur bo‘lmoqda. Ishlab chiqarish sexida imtiyozli kredit asosida 600 ming dollarlik asbob-uskunalar o‘rnatilgan bo‘lib, bugungi kunda bu yerda mahalliy aholi vakillaridan 20 nafarining  bandligi ta’minlangan. Korxonaga xom ashyo asosan Xitoy davlatidan keltirilib, olti oyga yetadigan mahsulot zahirasi yaratib qo‘yilgan. Deputat Sh.Bafoyev ishlab chiqarish sexida faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini ko‘zdan kechirdi. Aniqlangan kachiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Sh.Bafoyev shu kuni "G’ijduvon Avtoustoz" MChJ da ham bo‘lib,  Prezidentimizning joriy yil 11 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari doirasida ushbu MChJda bajarilayotgan ishlar bilan qiziqdi. Avtomaktabda hozirgi paytda 25 nafar malakali ustozlar bo‘lajak haydovchilarga kasb sirlarini o‘rgatmoqda. 16 ta zamonaviy texnikalar, bugungi davr talabiga to‘liq javob bera oladigan avtodrom maktab tinglovchilari ixtiyorida. O’quv xonalari zamonaviy texnikalar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlangan.

Prezidentimizning videoselektordagi e’tirozli so‘zlarida jon bor,- dedi deputat Sh.Bafoyev. Transport hodisalarining ko‘piga haydovchilarning yo‘l qoidalarini qasddan mensimasligi va tajribasizligi, piyodalarning qoidalarga amal qilmasligi ham sabab bo‘lmoqda. Shu bois, bu yil barcha hududlarda «Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda» umummilliy dasturi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Avtomaktab rahbari Hikmat Safarov Sh.Bafoyev bilan suhbatda, ushbu kasb-hunar maskanida davomat va o‘zlashtirishning talab darajasida bo‘lishiga, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishiga, bir so‘z bilan aytganda maktab bitiruvchilarining kelgusida puxta bilim, boy tajriba va tegishli malakaga ega bo‘lishlariga katta e’tibor berilyapti. Toki haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan har bitta bitiruvchi yo‘llarda xavfsizlik qoidalariga rioya etadigan bo‘lsin. Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yo‘l tarnsport hodisalarining oldini olishda bu nihoyatda muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.  

Deputat Sh.Bafoyevning Buxorodagi o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    649
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+