Tibbiyot xodimlarining 12 nafari partiya safiga qo‘shildi
07.05.2022, 14:47

O’z saflariga 7894 nafar maslakdoshlarimizni birlashtirgan Sharof Rashidov tuman Kengashi tarkibidagi 102 ta quyi bo‘g‘in faollari joylardagi aholini qiynayotgan muammolarni partiyaviy vositalar bilan hal qilishda deputatlarga yaqindan ko‘makdosh bo‘lmoqdalar. Bu esa aholi orasida partiyaning mavqei va obro‘sining oshishiga sabab bo‘lib, partiya safiga kirish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz sonining oshib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Sharof Rashidov tumani Hayrabod MFY oilaviy poliklinikasi qoshida 2020 yilda tashkil qilingan BPT a’zolari soni o‘tgan vaqt davomida 33 nafarga oshib, bugungi kunda 45 nafarga yetgani fikrimiz isboti.
Tajribali partiya faoli To‘lqin Rashidov yetakchilik qilayotgan Boshlang‘ich partiya tashkilotining, Partiya Saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalarni hamda 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish saviyasini yanada yaxshilashga qaratilgan maqsad va vazifalarga bag‘ishlangan ochiq yig‘ilishga tibbiyot maskanida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar, deputatlar ham taklif qilindi.
Tadbir davomida hududda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish saviyasi, uni yaxshilash chora-tadbirlari muhokama qilindi. Taklif va mulohazalar umumlashtirildi. Xodimlar va partiya faollari tomonidan ko‘tarilgan masalalar deputatlar nazoratiga olinadigan bo‘ldi.
Tadbiridan so‘ng partiya safiga kirish istagida bo‘lgan yana 12 nafar yangi a’zolar ro‘yxati shakllantirildi.
Oybek Umurzoqov,
OʻzLiDeP Jizzax viloyat Kengashi BPTlar bilan ishlash
guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
G’ijduvon tumanidagi “SAFIRA” MChJ klinikasida Konstitutsiyaviy islohotlarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
27.06.2022, 16:48
-
“MAROQAND SIFAT TEXTIL” MChJ 10 nafar ishtixonlik yosh yigit-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berdi
27.06.2022, 16:20
-
BPTlar faoliyati tanqidiy-tahliliy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi
20.06.2022, 16:06
-
Konstitutsiyaviy islohot jarayonida BPT faollari tomonidan ham asosli takliflar bildirilmoqda
09.06.2022, 17:00
-
Yana 21 nafar a’zo safimizga qo‘shildi
25.05.2022, 15:39
Fikringizni qoldiring