Deputat tashabbusi bilan bemorga alohida tibbiy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi

07.05.2022, 14:50

Deputat tashabbusi bilan bemorga alohida tibbiy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, aholi bilan uchrashuvlar tashkil qilyapti, muammolarini o‘rganyapti, tegishli tashkilotlar orqali yechimini topmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Ibragimova ham o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida deputat Buvayda tumani “Qoratepa” mahalla fuqarolari yig‘ini Gilamchilik ko‘chasida istiqomat qilib kelayotgan Maxmudxujayeva Masturaxon aya holidan xabar oldi. U kishi sog‘liqlaridagi muammo tufayli to‘shakka mixlanib qolganliklari, tibbiy muolajaga va ayni damda jarrohlik amaliyotidan keyingi chuqurlashtirilgan tekshiruvga muxtojliklarini aytib murojaat qildi.

Deputat M. Ibragimova Masturaxon ayaga o‘z maslahatlarini berdi va shu joyning o‘zida tuman tibbiyot birlashmasi bilan bog‘lanib ularga alohida tibbiy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    387
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+