Eski ko‘priklar o‘rniga yangisini qurish kerak

07.05.2022, 15:01

Eski ko‘priklar o‘rniga yangisini qurish kerak

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Faxriddin Samatov, xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatlari  hamda yordamchisi bilan birga tumaning “Beshbuloq”, “Kamar”, “Qiron”, ”Obodguzar”,  “Matonat” va “Bobotog‘” mahallalaridagi xo‘jaliklararo zovurlar va ular ustidagi ko‘priklar ahvoli, ekin maydonlarining  meliorativ holati xamda irrigatsiya tizimlarini  o‘rgandi.

O’rganish davomida “Beshbuloq” va “Kamar” mahallalari orasidagi “Mehnat–Rohat-1” xo‘jaliklararo o‘tuvchi zovur ustidagi ko‘prik, “Qiron” va  ”Obodguzar” mahallalari hududida yo‘l o‘tkazish uchun qurilgan hamda Jarqo‘rg‘on-Kakaydi yo‘nalishidagi “Mehnat–Rohat-2” xo‘jaliklararo zovurning ko‘priklari zamonaviy talablarga javob bermasligi oydilashdi. Chunki ular yerosti szot suvlarini Surxon daryosiga tashlash (sbros) uchun 1000 dm.li trubalar ustiga qurilgan. Aslida esa yerosti szot suvlarini  to‘lig‘icha o‘tkazib yuborish uchun ochiq drenaj shaklda, zamonaviy tipdagi ko‘prik qurilishi lozim. Negaki, ushbu hududdagi yerlarning zax qatlami ko‘tarilishi natijasida fermer xo‘jaliklarining 2,5 ming gektar ekin maydonlari, 1,0 ming gektar aholi tomorqalaridagi qishlok xo‘jaligi ekinlari hosildorligi,  yerning meliorativ holati pasayishi  va  daraxtlarning yildan yilga qurib ketishi xamda ichimlik suvlarining tarkibi ushbu szot suvlar ta’sirida o‘z sifatini yo‘kotishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, aholi tomorqasidan yetishtiraladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan yetarli hosil olinmasligi natijasida, aholining banklardan olingan kreditlarni to‘lash qobiliyati yo‘qolishiga, mahsulotlar eksportining kamayishiga sabab bo‘ladi.

Demak, mazkur holatlarni oldini olish uchun tegishli vazirlik va idoralar bilan muammolarni bartaraf etish, ya’ni zamonaviy ko‘priklar qurish bo‘yicha F.Samatov tomonidan deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilab olindi. 

Kunning ikkinchi yarmida F.Samatov shu yerlik aholining murojatlarini o‘rgandi. Tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarish maydoniga kirish uchun avtoyo‘l ochishda, auksiondan yer ajratilishida amaliy yordam so‘raldi. Jarqo‘rg‘on tumani “O’rikli” mahallasi aholisi esa mahalla xududidagi “Xusanxon Eshonbobo” qabristoniga elektr tarmog‘ini tortish uchun amaliy yordam so‘radi. Bu bo‘yicha muammolarning hal etilishini deputat o‘z nazoratiga oldi.

Feruza Rahmonqulova,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi faoli

  • Ko'rildi
    531
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+