Toshkent viloyatida istiqomat qilayotgan urush qatnashchilari va nuroniylar holidan xabar olindi

10.05.2022, 15:53

Toshkent viloyatida istiqomat qilayotgan urush qatnashchilari va nuroniylar holidan xabar olindi

Ma’lumki, har yili 9 may kuni yurtimizda jahon urushidan oldin va keyingi tariximizda Vatanimiz tinchligi va ravnaqi uchun jonini fido qilgan barcha ajdodlarimiz xotirlanadi. Hayot bo‘lganlariga esa hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi, ularni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi.

Mazkur sana o‘tganlarning yod etilishi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, qolaversa, keksa nuroniy onaxon va otaxonlarni yo‘qlash, holidan xabar olinishi, qadrlanishi bilan yanada ahamiyatlidir.

O’zLiDeP Ohangaron, Piskent tuman hamda Ohangaron shahar Kengashlari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya deputatlari ham hududda istiqomat qiluvchi front va front orti qatnashchilari holidan xabar olishdi.

Ohangaron tuman Davlat xizmatlari markazi jamoasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan 45 dan ortiq tadbirlarda 6 nafar front, 39 nafar front ortida mehnat qilgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlariga tashrif buyurildi. Jumladan, 96 yoshli Zikirali Yo‘ldoshev, 97 yoshli Xurinisa Kurdosheva, 96 yoshli Soliya aya Mirziyorovalar xonadonlarida bo‘lgan bayram tashkilotchilari ularni bayram munosabati bilan samimiy tabriklab, partiya va Davlat xizmatlari markazining esdalik sovg‘alari taqdim etishdi. Urushning ayovsiz zahmatini chekkan keksa avlod vakillari bugungi tinch-osoyishta kunlarga shukrona qilib, xabar olgani kelgan partiya faollarining tashrifidan minnatdorliklarini bildirib, o‘tganlar xotirasini yod etib, duoga qo‘l ochishdi.

Zotan, insoniyat ikkinchi jahon urushida qatnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda qahramonlarcha halok bo‘lganlar xotirasini aslo unutmaydi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

Jamoatchilik bilan aloqalar va

mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    409
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+