Andijonda xotira turniri tashkil qilindi

10.05.2022, 15:55

Andijonda xotira turniri tashkil qilindi

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir.

Bugun Andijon tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 1- umumta’lim maktabida 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O’zbekiston sport faxriysi Tojiddin Xolmatov umr yo‘llariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda karate va voleybol turniri bo‘lib o‘tdi.

O'zLiDeP Andijon viloyat Kengashi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, KIYoKUSINSKAY karate Federatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda partiya faollari, deputatlar, yoshlar, faxriylar Kengashi a’zolari, maktab jamoasi va OAV vakillari ishtirok etdi. Turnirni ochilishida so‘z olgan partiya viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova 90 yoshni qarshilagan sport ustasi, mehnat faxriysi Tojidin Xolmatovni va tadbirga taklif etilgan mehnat faxriylarini bayram bilan qutlab, mamlakatimizda o‘tganlar ruhini shod etish, keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ezgu an’anaga aylanganini e’tirof etdi.

Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan namoyish etilgan Vatan madhini tarannum etuvchi qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari bayram kechasiga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    392
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+