Deputatlar urush faxriylari holidan xabar olishdi

10.05.2022, 16:04

Deputatlar urush faxriylari holidan xabar olishdi

Inson aziz, xotirasi muqaddas. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir.

9 may Xotira va qadrlash kuni va Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 77 yilligi munosabati bilan Nukus shahri "Amudaryo" mahalla  fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi bugun yaqinlari ardog‘ida 97 yoshni qarshi olayotgan jasorati o‘rnak bo‘ladigan Qadirbay ota Narmanovni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari M.Ibragimov, B.Aldamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raislari, deputat Z.Reymova, Sh.O’temisov, B.Sidikov, partiya xodimlari va faol yoshlar yo‘qlab bordilar.

Otaxon urush yillarini eslab, ko‘zida yosh bilan bugungi kunga shukronalar aytdi.

- Bugungidek  nurofshon kunlarda yashash baxtiga musharraf bo‘lishimiz jang maydonlarida mardlarcha olishgan yurt sha’ni yulida aziz jonlarini tahlikalarga quygan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hamda front orti mehnatkashlarining xizmatlari oldida bir umr ta’zimdamiz, - dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Aldamuratov.

Deputatlar tashrifidan xursand bo‘lgan otaxon o‘tmish xotiralari bilan o‘rtoqlasharkan dorilomon kunlarni ko‘rish nasib etganiga shukronalar keltirdi va otaxonga o‘zlarining sovg‘alarini inom etdi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    353
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+