Asakaning ishbilarmon ayoli aniqlandi

11.05.2022, 15:08

Asakaning ishbilarmon ayoli aniqlandi

O‘zLiDeP Asaka tuman kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda dastlab ishtirokchilar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarining ko‘rgazmasini namoyish etdi. Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar hakamlarga ishlab chiqargan mahsulotlari, hunarmandchilik, kasanachilik va tadbirkorlik faoliyatlari haqida so‘zlab berdi.

-Bunday tadbirlar nafaqat xotin-qizlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, balki ularning dunyoqarashini kengaytirish, tadbirkorlikka oid bilimini boyitishga xizmat qiladi, – deydi partiyaning Asaka tuman “Ayollar qanoti” guruhi rahbari Muqaddas Abdullayeva. – Tanlovda ishtirokchilar loyihalar istiqbolliligi va hayotiyligi, milliy va liberal-demokratik g‘oyalarni qay darajada egallagani, yetakchilik qobiliyati hamda partiya faoliyatidagi ishtirokiga ko‘ra baholandi.

“Farangizoy orzusi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Gulnora To‘ychiyeva g‘olib, deb topildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarning tadbirkorlikka oid taqdimotlari hamda ishlab chiqargan mahsulotlari namoyish etildi.

Tanlovda g‘olib va sovrindorlar partiya Asaka tuman Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

  • Ko'rildi
    309
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+