Gurlanda faoliyat boshlagan hokim yordamchilarining 40 nafari O'zLiDeP safiga qo‘shildi

11.05.2022, 15:15

Gurlanda faoliyat boshlagan hokim yordamchilarining 40 nafari O'zLiDeP safiga qo‘shildi

Xabaringiz bor, respublikamizning barcha mahallalarda Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati tashkil etildi.

Xorazm viloyati Gurlan tumani partiya mas’ullari tashabbusi bilan bugun safimizda hokim yordamchilarining safi kengaydi. Gurlan tumanida 50 nafar hokim yordamchilari faoliyatini boshlagan bo‘lsa, targ‘ibot natijasida ularning 40 nafari O'zLiDeP a’zoligiga qabul qilindi. Bugun o‘z ishonchi va bilimiga suyangan marrani katta olib xalq xizmatiga kamarbasta bo‘layotgan hokim yordamchilari katta va mas’uliyatli ishlarda partiyaning hamkorligini bugundan boshlashga qaror etishdi. Chunki partiyamizning asosiy maqsadi, g‘oyasi ham "Inson qadrini ulug‘lash", "Inson qadrini e’zozlash" uchun xizmat qiladi.

  • Ko'rildi
    462
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+