Deputat saylovchilar muammolarini o‘rganish barobarida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan ham tanishdi
11.05.2022, 15:17

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Ibragimov Xo‘jayli tumanida o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.
Tegishli soha vakillari, “Tasko‘pir” va “Tinchlik” ovul fuqarolar yig‘ini saylovchilari ishtirok etgan muloqotda mahalla ahlining murojaatlari tinglandi.
Jumladan, saylovchilar tomonidan kichik yo‘llarning ta’mir talabligi, tungi yoritish chiroqlarni o‘rnatish va pensiya bo‘yicha muammolarning borligi aniqlandi. Aksariyat muammolarga yechim topilgan bo‘lsa, qolgan qismi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganib chiqishga va nazoratga olishga kelishib olindi.
Kunning ikkinchi yarimida xalq vakili Sho‘manoy tumanidagi “Mamiy” OFY saylovchilari bilan uchrashib, murojaatlarini tingladi. Mahalla fuqarolari tomonidan ichki yo‘llarning ta’mir talabligi, ichimlik suv masalasi va ijtimoiy sohadagi muammolari tinglandi.
Ko‘tarilgan muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan ko‘rib chiqishga va nazoratga olishga kelishib olindi. Sho‘manoy tumanidagi uchrashuvlar davomida xalq vakili tumandagi «Prom servis Shomanay» MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Korxona 2015 yili tashkil qilingan bo‘lib, asosiy faoliyat turi polipropilen qoplarini ishlab chiqaradi.
Bugungi kunda korxonada jami 22 nafar xodim doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, ularning aksariyatini yoshlar tashkil etadi. Korxonada yiliga o‘rtacha 2 00 ming dona qop ishlab chiqariladi.
Quyi palata deputati M.Ibragimov korxona faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, u reda ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati, xaridorbopligi tadbirkorning kelgusi reja va maqsadlari, taklif va muammolari bilan ham o‘rtoqlashdi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Inson qadrini yuksaltirish davlat hokimiyati organining konstitutsiyaviy burchi bo‘lmog‘i kerak
29.06.2022, 17:53
-
Umumxalq muhokamasida norinliklar ham faollik ko‘rsatmoqda
29.06.2022, 17:51
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga takliflar berildi
29.06.2022, 17:50
-
Bosh qomusimizda o‘lim jazosini bekor qilish belgilanmoqda
29.06.2022, 17:48
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi Navoiyning eng olis hududida tashkil qilindi
29.06.2022, 17:40
Fikringizni qoldiring