Deputat aholi muammolarini yuzma-yuz uchrashuvlar orqali o‘rgandi

11.05.2022, 15:19

Deputat aholi muammolarini yuzma-yuz uchrashuvlar orqali o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ravshan Mamutov To‘rtko‘l tumanida o‘zi saylangan hudud saylovchilari bilan uchrashdi. Dastaval xalq vakili To‘rtko‘l tumanidagi “Ibn-Sino” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi nogironligi bor fuqaro  Mansur Bekbergenov bilan muloqot qilib, fuqaroning muammolarini tingladi. 

Fuqaro Mansur Bekbergenov davolanishi uchun mablag‘ zarurligini  aytdi. Tuman tibbiyot birlashmasidan tashrif buyurgan mutasaddi unga huquqiy maslahatlar berdi va Xayr saxovat fondi tomonidan tashrif buyurgan vakil esa unga yaqin kunlarda pul ajratib berilishini aytdi.

Xalq vakili tumanda istiqomat qiluvchi urush qatnashchisi Ivan  Galenkoning holidan xabar olishdi.  

Mamlakatimizda barqaror bo‘lgan tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibat ko‘rsatish va inson qadrini yuksaltirishdek bebaho qadriyatlarga  alohida e’tibor qaratilayotgani ulug‘ ne’matdir. Oramizda urush qatnashchilari, front ortida mehnat qilgan faxriylarimiz bor.

Xalq vakili urush faxriysi bilan suhbatlashib, sog‘lik-salomatlik tiladi. Nuroniy otaxon ko‘ziga yosh olib, bugungidek tinch-totuv kunlarga shukronolar aytdi.

Xalq vakilining saylovchilar bilan uchrashuvi “Shuroxon” OFY da davom etdi. Saylovchilar tomonidan bir qator muammolar tinglandi. Xususan, shu yerdan o‘tgan kanalni qazib, ikki tomonini 400 metr beton bilan qoplash masalasi ko‘tarildi. Deputat tegishli idora vakillari bilan  gaplashib masalani joyida hal qildi. Qazish va beton quyish ishlari ertaning o‘zidayoq boshlanadigan bo‘ldi. To‘rtko‘l tumanidagi chekka hududlardan biri “Yanboshqal’a” OFY da mahalla ahli  bilan uchrashdi.  Uchrashuvda oilaviy poliklinikadagi dori darmonlar yetishmasligi,  kommunal sohadagi bir qancha muammolar, tez yordam mashinasining  yetishmasligi, oqava suv taqchil bo‘lib turganligi bo‘yicha murojaatlar tinglandi.

Deputat R.Mamutov esa murojat yuzasidan oilaviy poliklinikaga  borib, faoliyati bilan tanishdi. O’rganishlar natijasida poliklinikada  barcha turdagi dori darmonlar borligi, 66 turdagi dorilar mavjud  ekanligi ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari xalq vakili tumandagi uchrashuvlari davomida  tuman markazida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkor Zulfiya Xalimbetova rahbarlik qilayotgan "IT-Maximum Covorking" tsentr faoliyati bilan tanishdi va unga ta’lim sohasida huquqiy maslahatlar berdi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    349
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+