Faol yoshlar taqdirlandi

11.05.2022, 15:23

Faol yoshlar taqdirlandi

O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda partiyaning “Yoshlar qanoti” guruhi oldida turgan muhim masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” mazmun-mohiyati hamda yo‘l xaritasidagi yoshlar bilan ishlash borasidagi vazifalar tushuntirildi.

Shuningdek O’zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri J.Xujamqulov tadbir ishtirokchilariga O’zLiDePning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Ushbu loyiha partiya tomonidan 2018 yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda. Viloyatning barcha oliy o‘quv yurtlaridan faol yoshlar hisobiga partiyaning yangi avlod kadrlari shakllantirib borilmoqda.

Tadbir doirasida 10 nafarga yaqin faol yoshlar partiya a’zoligiga qabul qilinib, ularga a’zolik guvohnomalari topshirildi. O’zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilishdagi faol ishtiroki uchun 11 nafar “Yoshlar qanoti”ning faol a’zolari O’zLiDeP viloyat Kengashining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Qodir Shoyimov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri.

  • Ko'rildi
    398
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+