Partiya vakillari va hokim yordamchilari aholiga tadbirkorlik qilishda ko‘makchi bo‘lyapti

11.05.2022, 15:24

Partiya vakillari va hokim yordamchilari aholiga tadbirkorlik qilishda ko‘makchi bo‘lyapti

O'zLiDeP Guliston tuman Kengashida partiyaga a’zo bo‘lgan mahalla hokim yordamchilari ko‘pchilikni tashkil etadi.

Mahallalardagi har bir xonadon va oila a’zolari bilan hamsuhbat, ularning dunyoqarashi va qiziqishlaridan boxabar bo‘lish mahalla hokim yordamchilari uchun zarur jihat. Qaysi oilada ishsiz yoki bekorchi bo‘lsa-shu joyda muammo bo‘lishi tayin. Shuning uchun ham xonadonlar “pasporti”-ularning ma’naviy va moddiy qiyofasini aks ettirib turadi.

A.Navoiy mahallasidagi hokim yordamchisi Dilmurod Karimov bu lavozimga o‘tgan kuni partiya a’zoligiga ham qabul qilingandi. Demak, uning vazifasiga mas’uliyati ikki karra oshgan, partiya yo‘nalishida ham tadbirkorlar safini kengaytirishga harakat qilayapti.

Dilmurod partiyadoshlarni mahalladagi Dilfuza Eltoyeva xonadonidagi issiqxona bilan tanishtirish uchun uning uyiga boshladi.

Dilfuza Eltoyeva bolaligidan ota-onasining ortidan egat oralab katta bo‘lgan qizlardan ekan. Qishloq ayolining har kunlik mehnati-u kim bo‘lib ishlashidan qat’iy nazar bir xil ro‘zg‘orni ham, davlat ishini ham bajarishi shart. Dilfuza hamshira, tuman shifoxonasida ishlaydi. Issiqxonani tashkil qilganiga 3 yil bo‘libdi. 5 sotixli issiqxonadagi bodiringlar ilk hosilini ko‘rsatdi. Issixona atrofida qator jo‘yaklar kartoshka, pomidor, sarimsoqpiyoz, bulg‘or qalampiri ekilgan. Ariq chetlaridagi qorag‘at (smorodina) hosilga kirgandan qo‘shnilar buyurtma berishni boshlardi. Dilfuza erta bahorda qo‘ni-qo‘shnilarga qorag‘at ko‘chatlarini ulashib chiqdi. Beor-beozor ko‘chatlar tezda tutib ketdi. Endi qo‘shnilar ham Dilfuza singari tomorqadan unumli foydalanishni o‘rganishayapti.

Endi qishloq ayollari ham hangomaga “elak so‘rab” chiqmaydi, urug‘mi, ko‘chatmi so‘raydi yoki o‘zida bo‘lsa ulashishga chiqadi.

O`zLiDeP Sirdaryo viloyati kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    338
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+