Deputat mahalla fuqarolari bilan muloqotda bo‘ldi

11.05.2022, 15:26

 Deputat mahalla fuqarolari bilan muloqotda bo‘ldi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ravshan Fazilov Yunusobod tumanidagi “Tiklanish”, “Islomobod”, “Xasanboy” mahallalarida yashovchi aholi bilan uchrashuv tashkil qildi.

 Uchrashuv chog‘ida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolari yuzasidan deputatga murojaat qilishdi. Ko‘pgina muammoli masalalar joyida hal etildi hamda uzoq vaqtdan beri betob, nogironligi bor va og‘ir ahvoldagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasining Toshkent shahar bo‘limi hisob-raqamidan mablag‘lar ajratilishi belgilanib olindi.

Darhaqiqat, aholining og‘irini yengil qilish, muammoli masalalarni hal etish, joylardagi mavjud vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishda depututlarimiz faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga o‘zlarini kamtarona hissalarini qo‘shmoqdalar. Albatta, hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi, hayot degani muammosiz bo‘lmaydi, taraqqiyot yo‘lida turli masalalar, katta-kichik tashvishlar bo‘lishi mumkin. Bu masalalarni yechish, kamchilik va muammolarni bartaraf etish, amaliy ishlarni kuchaytirish bu katta mas’uliyat va ayni paytda katta sharafdir.

  • Ko'rildi
    295
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+