O’zLiDeP faollari ko‘magida 12 nafar yangiobodlik yoshlar bandligi ta’minlandi

12.05.2022, 17:51

O’zLiDeP faollari ko‘magida 12 nafar yangiobodlik yoshlar bandligi ta’minlandi

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu xayrli ishda O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari ham faol ishtirok etishmoqda.

Yangiobod tumanidagi Yangiobod ShFYda partiya faollari uyma-uy yurib, yoshlar bilan muloqotda bo‘ldilar. Ishsiz yoshlarning ahvoli, qiziqishlari, rejalari bilan yaqindan tanishdilar. Ularga tumanda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berdilar. Natijada 12 nafar yoshlar bandligini ta’minlashga muvaffaq bo‘ldilar.

Yoshlarning 6 nafari “Kamola kamalagi” MChJ korxonasiga, 2 nafari “Yangiobod baxt nishonasi” fermer xo‘jaligiga ishga joylashtirildi. 4 nafari kredit olib tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirdi. Bu borada ularga ko‘maklashish maqsadida, kredit olish istagidagi yoshlar xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolariga biriktirildi.

Xolbek Asatov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    290
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+