G’allaorolda tomorqachilikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

12.05.2022, 17:52

G’allaorolda tomorqachilikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan G’allaorol tumanida aholining tomorqadan unumli foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

Mahalliy Kengash deputatlari, fermerlar, sektor, mahalla hamda tomorqachilar ishtirok etgan tadbirda bir nechta xonadonlardagi ilg‘or ish tajribalari o‘rganildi, aholi murojaatlari tinglandi.

Seminar tashkil etilgan  Madaniyat QFYdagi  Qangliobod qishlog‘ida ayni paytda 1581 ta xonadonda 9 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. E’tiborli tomoni, mahallada tomorqachilik anchagina rivojlangan. Birgina kichik issiqxonalarning soni bugungi kunda 43 taga yetgan.

Kaftdek yerdan katta daromad olayotgan xonadon egalaridan biri  Zulfiyaxonim mahallasida istiqomat qiluvchi Ulug‘bek Usmonov o‘z xonadonida issiqxona tashkil qilgan. 30 tup limon ko‘chatidan hosil olib boshlagan. Bu yil 1 tonna atrofida mahsulot olish niyatida. Shuningdek, 1 sotix yer maydonida Biogumus organik o‘g‘it yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda.

Bo‘lib o‘tgan amaliy seminar davomida kaftdek yerdan katta daromad olish sirlari ko‘p ekanligini, biroq bir qator yechimini kutayotgan muammolar, jumladan, imtiyozli kredit olish, tomorqa uchun mo‘ljallangan kichik texnik vositalardan unumli va keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish, logistika, mahsulotlarni eksport qilish kabi masalalarda tomorqachilar duch kelayotgan muammolarga tezkorlik bilan yechim topish masalalari ham muhokama qilindi. Mazkur masalalarda mas’ul bo‘lgan mutasaddilar bilan partiya faollari, deputatlar hamkorligini yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash

bo‘limi mudiri

Teglar
Tomorqa
  • Ko'rildi
    221
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+