Marhamatlik 45 nafar yoshlar yetakchilari O‘zLiDeP a’zosi bo‘ldi

12.05.2022, 17:57

Marhamatlik 45 nafar yoshlar yetakchilari O‘zLiDeP a’zosi bo‘ldi

O‘zLiDeP Marhamat tuman Kengashi tomonidan tumandagi 45 ta mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Yoshlar yetakchisi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashishda, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlashda qaror asosida ish olib boradi.

-Mahallalarning yoshlar yetakchilari bilan hamkorligini kengaytirishga, partiyaning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida mahallalardagi yoshlar yetakchilarini ham jalb etish maqsadga muvofiq, -deydi O‘zLiDeP Marhamat tuman Kengashi apparat rahbari Xusanboy Sheraliyev. Chunki, partiyaning yoshlar yo‘nalishidagi amaliy tadbirlari va loyihalarini tumanimizda samarali tashkil etish, shuningdek yoshlarning deputatlar bilan yaqin hamkorligini kuchaytirish, shu asosida tegishli mahalladagi har bir yosh bilan ishlab, muammosini hal etish borasidagi qator masalalar partiyaning maqsad va vazifalariga ham hamohang. Maqsad yo‘lida birlashish esa imkoniyat va samarani kengaytiradi.

Tadbir yakunida 45 nafar yoshlar yetakchilariga partiyaga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

  • Ko'rildi
    383
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+