Forishlik tadbirkor xotin-qizlarning ish faoliyati bilan tanishildi

12.05.2022, 18:00

Forishlik tadbirkor xotin-qizlarning ish faoliyati bilan tanishildi

Qishloq joylarda ayollar bandligini ta’minlash o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Ayollarni kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy va boshqa turdagi tadbirkorlikka keng jalb qilish oila farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zLiDeP Forish tuman Kengashi faollari, deputatlar, partiya faollari hududlardagi mahalliy hokimiyat, sektor hamda hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda bu borada samarali faoliyatni amalga oshirmoqdalar.

Misol uchun, partiya faollari ko‘magi bilan “Oybek” mahallasida istiqomat qiluvchi Umida Alimova non va non mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Ayni paytda tadbirkor ayolning faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida hokim yordamchisi, O‘zLiDeP faoli Jamshid Eshmurodov yordamida AT “Xalq banki” Forish tuman filialidan 33 million so‘m kredit mablag‘i ajratib berildi. Natijada tadbirkor ayol yana uch nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minladi.

Shu mahallada yashovchi Safiya Davlatova esa tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. Unga ham AT “Xalq banki”dan 20 million so‘m kredit mablag‘i ajratib beriladigan bo‘ldi. Endilikda Safiya ana shu mablag‘ evaziga tikuv dastgohlari hamda xom ashyolar xarid qilib faoliyatini kengaytirish va yoniga 2 nafar dugonasini ishga jalb qilish imkoniga ega bo‘ldi.

O‘zLiDeP a’zolari mahalliy hokimiyat, sektor vakillari va mahalla faollari bilan birgalikda tumandagi boshqa mahallalarda ham aholi bandligini ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Bozorgul To‘rayeva,

O‘zLiDeP Forish tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    476
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+