Xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi

13.05.2022, 16:01

Xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi

Andijon tumanidagi 37-MTT qoshidagi BPT raisi Ra’noxon Maripova tashabbusi bilan ayollar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.

Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmushni keng targ‘ib qilish, sportning barcha turlarini ommalashtirish maqsadida “Sport bilan sog‘lom turmush sari!” mavzusida o‘tkazilgan musobaqada muassasa pedagoglari va asakalik qizlardan shakllantirilgan jamoalar sportning voleybol turi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarga hamda faol ishtirok etgan xotin-qizlarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    535
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+