Qoraqalpoq talaba yoshlari partiyaning kadrlar zaxirasiga olindi
13.05.2022, 16:41

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
So‘z olganlar mamlakatimizda keyingi yillari yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, partiya dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati bo‘yicha ham batafsil ma’lumotlar berildi.
Ayniqsa yoshlarni loyihada muvaffaqiyatli ishtirok etgan bakalavr yoki magistratura bosqichlari bitiruvchi talabalarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritish, partiya tizimidagi ish o‘rinlariga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan xodimlarni topish va tegishli lavozimlarga tavsiya etish, yosh istiqbolli kadrlarni topish, malakasini oshirish va davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda jamoat tashkilotlariga tavsiya etish kabi loyihaning aniq maqsadlari yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Taqdimot yakunida talabalar partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritildi. Eng faol yoshlarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Bosh qomusimizning Muqaddimasida yoshlar huquq va erkinliklarini aks ettirilishi biz uchun sharaf
27.06.2022, 18:02
-
“Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi
24.06.2022, 17:07
-
Yoshlarning huquq va burchlarini konstitutsiyaviy darajada aks ettirish lozim
20.06.2022, 18:10
-
Tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lgan 35 nafar gurlanlik yoshlar yirik ishlab chiqarish korxonalar faoliyati bilan tanishdi
20.06.2022, 16:34
-
Yoshlar konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida eng faol kuch
15.06.2022, 13:19
Fikringizni qoldiring