Deputatlar saylovchilarning murojaatlarini joyida hal qildi

13.05.2022, 16:44

Deputatlar saylovchilarning murojaatlarini joyida hal qildi

Namangandan saylangan xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlar aholining mavjud dolzarb muammolarni joyiga chiqqan holda bartaraf etish hamda ishsiz aholini bandligini ta’minlshaga ko‘maklashish maqsadida “maxallabay” va “fuqarobay” tizimi asosida ish tashkil etib kelmoqda.

 Namangan shahridagi Sohibkor, Chinor, G’ishtko‘prik, Sharshara va Sumalak guzari mahallasi aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ish bilan ta’minlash yuzasidan bildirilgan 7 ta murojaatlar joyida hal etilib, ularni deputatlar boshqarib kelayotgan “Art Soft Tex” ishlab chiqarish korxonasiga tikuvchi, tozalovchi va qadoqlovchi yo‘nalishlarga ishga qabul qilish bildirildi.

 Nogiron farzandini davolatish va operatsiya qilishga yordam so‘ragan fuqaro murojaati “Sohibkor” MFY ishchi guruhi bilan o‘rganib chiqilib, tegishli hujjatlar “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan pul mablag‘larini ajratish masalalarini ko‘rib chiqish uchun 3-sektorga  taqdim etildi.

 Nabiralarini imtiyozli ravishda maktabga ta’lim muassasasiga joylashtirish, bolalar nafaqasini olish, suyultirilgan gaz balloni bilan ta’minlash kabi murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi va mahalladagi hokim yordamchilari bilan masalalarni ijobiy hal etish bildirildi.

  • Ko'rildi
    193
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+