“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida 15 nafar talaba yoshlar partiya safiga qabul qilindi
13.05.2022, 16:46

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida Namangan muhandislik-qurilish institutida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda talabalarning ham mamlakatimizdagi yetakchi siyosiy kuch hisoblanmish O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyatiga katta qiziqish bilan qarashlari yaqqol ko‘zga tashlandi.
Tadbirda partiya Dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berildi.
Ayniqsa, partiya tavsiyasi bilan davlat boshqaruvi idoralarida ishlayotgan tashabbuskor yoshlar, tadbirkorlar, deputatlar faoliyati haqidagi ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Muloqotda faol ishtirok etgan 78 nafar talabalarning 3 nafari partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilgan bo‘lsa, 15 nafar talaba yoshlar partiya safiga qabul qilindi.
Eldorbek Jo‘rayev
O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi
bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarga e’tibor-kelajakka e’tiborning namunasidir
24.05.2023, 13:05
-
O‘zLiDePdan Yoshlar parlamentiga saylangan a’zolariga partiyaning Ishonch yorliqlari topshirildi
11.05.2023, 10:43
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Qoraqalpog'istonlik talab-yoshlar referendumda faol ishtirok etadi
20.04.2023, 14:15
-
Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi
06.04.2023, 12:52
Fikringizni qoldiring