Deputatlik eshituvi: Nurobod hokimining o‘rinbosari yerlarning auksion orqali ajratilishi bo‘yicha hisobot berdi

13.05.2022, 16:49

Deputatlik eshituvi: Nurobod hokimining o‘rinbosari yerlarning auksion orqali ajratilishi bo‘yicha hisobot berdi

Prezidentimizning 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda dehqon xo‘jaligining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Nurobod tumanida deputatlik guruhining eshituvi o‘tkazildi.

Deputatlik guruhining majlisida Prezident qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan Nurobod tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Laziz Muqimovning axboroti eshitildi.

Ta’kidlanganidek, Nurobod tumanida qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan auksion orqali 2025 yilga qadar 462 gektar yer maydoni dehqon xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga ajratib berilishi belgilangan. Bu borada 2021 yil 10 noyabrdagi Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining sessiyasida deputatlar ishtirokida muhokama qilingan.

Jumladan, joriy yilda 185 gektar, 2023 yilda 140 gektar, 2024 yilda 90 gektar va 2025 yilda esa 47 gektar yer maydonlari dehqon xo‘jaliklariga auksion orqali ajratilishi belgilangan. Elektron tizim orqali joriy yilda 185 gektar yer maydoni 344 ta lotlarga bo‘linib, auksionga qo‘yilgan. Auksionda 838 nafar fuqarolar ishtirok etib, 337 nafar fuqarolar g‘olib deb topilib, yerlar ajratilgan. Hozirda 7 ta lot auksion orqali elektron tizimga joylashtirilgan. Joriy yil 17 may kuni auksion savdolari o‘tkaziladi.

G’olib bo‘lgan yer egalarining 9,5 foizi “Temir daftari”, 266 nafari, ya’ni 78,9 foizi “Yoshlar daftari” hamda 48 nafari boshqa fuqarolarni tashkil qiladi.

Yerlardan samarali foydalanish bo‘yicha ajratilgan yerlar 4 ta hududga bo‘linib, “Bir hudud bir mahsulot” tamoyili bo‘yicha qishloq xo‘jalik ekinlari ekilib parvarish qilinmoqda. Yer egalari uchun mas’ul tashkilotlar tomonidan xaftasiga 2 marotaba seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda.  

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan qaror ijrosini ta’minlashda ayrim muammolarga ham to‘xtalib o‘tildi. Yig‘ilish qarori bilan O’zLiDeP faollari va deputatlardan iborat ishchi guruhi tuzilib, 10 kun davomida har bir lotlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganilib, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritish yuzasidan deputatlik guruhining qarori qabul qilindi.

Qodir Shoyimov,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    49
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+