Samarqand shahridagi hokim yordamchilarining 50 nafari partiya safiga qabul qilindi

13.05.2022, 16:51

Samarqand shahridagi hokim yordamchilarining 50 nafari partiya safiga qabul qilindi

Bugungi kunda Samarqand shahrida 215 nafar hokim yordamchilari faoliyat olib bormoqda.

O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi mahallalarda ish boshlagan hokim yordamchilari bilan uchrashuv tashkil qildi.

Uchrashuvda hokim yordamchilari aholi bilan har kuni ishlab, odamlarga davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarni yetkazishi, tadbirkorlikka va dehqonchilikka o‘rgatish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarish kabi katta mas’uliyatli vazifa yuklatilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Samarqand shahridagi “Ilmobod” mahallasida 3313 ta aholi istiqomat qiladi. Mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi, partiya faoli Akmal Asadov qisqa vaqt mobaynida mahalladagi xar qanday masalalarga yechim topishga hamda ularga ko‘mak berishga harakat qilmoqda.

 Shuningdek, ishsiz sifatida “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqaro Shahlo Sanaqulova xonadonida hokim yordamchisi tashabbusi va tavsiyasi asosida kichik tikuvchilik sexi tashkil etilgan bo‘lib, tadbirkor hozirgi kunda 5 nafar xotin-qizni ish bilan band qilgan.

O’z xonadonlarida issiqxona tashkil etib, o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolarga ushbu faoliyatini yanada kengaytirish va mahalladagi ishsiz doimiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolarni issiqxona faoliyati bo‘yicha band qilishiga ko‘maklashish maqsadida ushbu fuqarolarga kredit ajratishga tavsiya berib kelmoqda.

Hokim yordamchilari bilan ochiq muloqotda partiya bilan hamkorlikda ish olib borish, ayniqsa mahallada aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, shu orqali ularning bandligini ta’minlash, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalariga hamohangligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muloqot davomida Samarqand shahridagi mahallalardagi hokim yordamchilarining 50 nafari partiya safiga qabul qilindi va a’zolik guvohnomalari topshirildi. 

Azim Hakkulov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

deputatining yordamchisi

  • Ko'rildi
    764
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+